Bookkeeping association




Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya sohasini qoʻllab-quvvatlash hamda standartlar bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan. Assotsiatsiyalar vazifasi ishga yollanayotgan buxgalter bilim darajasini aniqlash va buxgalter talab etiladigan sohalar uchun umumiy standartlar yaratishdan iborat.

Buxgalter tushunchasi juda keng maʼnoga ega boʻlib, uni turlicha taʼriflash mumkin. Har bir mamlakat oʻz standartlariga ega va har bir shaxs bu sohada bilim va koʻnikmaga ega boʻlmasa ham oʻzini buxgalter deb atashi mumkin. Buxgalteriya malakasini olish usullari turlicha. Malaka olmoqchi boʻlgan buxgalter toʻlovni toʻlab imtihonda qatnashmasligi, oʻz tajribasiga asoslangan holda malaka oshirishi, nazoratchisiz imtihon topshirishi, nazorat ostida imtihon zallarida offline yoki maxsus kompyuter markazlarida online tarzda imtihon topshirishi mumkin. Koʻpgina mamlakatlarda raqobatchi buxgalterlik assotsiatsiyalari mavjud, ammo ularning malaka sertifikatlari talabi va bilim darajasi turlicha.

Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya hisobi, soliq va huquqiy masalalar hamda oʻz aʼzolarining kasbiy rivojlanishi borasida yordam beradi. Shuningdek, ular oʻz aʼzolari nomidan ularning manfaatlarini koʻzlab huquqiy tomonlama koʻmaklashadi. Ular buxgalteriya hisobi standartlarini va malakali buxgalterdan foydalanishning afzalliklarini qoʻllab-quvvatlovchi va targʻib qiluvchi tashkilot.

Xalqaro buxgalteriya hisobi assotsiatsiyalari roʻyxati




Jadval sarlavhalari taʼrifi



Mamlakat

Buxgalteriya uyushmasi tashkil etilgan davlat. Agar buxgalteriya uyushmasi bir necha davlatda tashkil etilgan boʻlsa u har bir davlat uchun alohida huquq va egalikka hamda qatnashuvchilarga ega boʻladi.

Tashkilot

Buxgalteriya uyushmasining toʻliq nomi.

Imtihon (nazoratsiz)

Mustaqil tarzda, tekshiruv va tekshiruvchilarsiz topshiriladigan imtihon.

Imtihon (nazoratchi orqali)

Nazoratchilar tomonidan nazorat ostida topshiriladigan imtihon.

Tajriba asosida

Malaka sertifikati shaxsning tajribasi asosida beriladi va imtihon olinmaydi. Nomzod oʻz tajribasi haqida kerakli maʼlumotlarni taqdim etadi.

Litsenziya orqali

Nomzod buxgalter sifatida faoliyat olib borish huquqini sotib oladi, ammo imtihon topshirganligi yoki tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar talab qilinmaydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz