BONUS (lotincha bonus — yaxshi, marhamatli) — sotuvchi va xaridor o’rtasida alohida kelishuv yoki sotish shartnomasiga asosan sotuvchi tomonidan xaridorga beriladigan yengillik; odatdagi to’lanadigan maoshga qo’shimcha mukofot; narxning o’sishi munosabati bilan asosiy ish haqiga qo’shilgan qo’shima haq; tovarning sifati uchun qo’shimcha mukofot; aktsiyalar shaklidagi qo’shimcha to’lovlar; ko’rsatilgan vositachilik xizmati uchun to’lanadigan qo’shimcha haq ham Bonus deb yuritiladi. Amaliyotda tovar vositachi (komissioner) ixtiyoridan tashqari sotilmay qolsa, unga xarajatlarini qoplash uchun Bonus to’lanadi va uning miqdori kelishuvga asosan belgilanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish