Bonnie Bedelia
Bonnie Bedelia Culkin (25-mart, 1948-yil, New York, Qoʻshma Shtatlar) — amerikalik aktrisa. 1960-yillarda teatrdagi faoliyatini boshlaganidan soʻng, Bedelia CBS telekanalining kunduzi „Love of Life“ serialida rol oʻynaydi hamda „The Gypsy Moths“da filmlardagi debyutini amalga oshiradi. Keyinchalik Bedelia They Shoot Horses, Donʼt They?, Lovers and Other Strangers, Heart Like a Wheel, The Prince of Pennsylvania, Die Hard, Presumed Innocent hamda Needful Things kabi filmlarda ham rollar ijro etgan,.
Televizion rollari uchun Bedelia ikki marta Emmy mukofotiga nomzod boʻlgan. 2001-yildan 2004-yilgacha Lifetimeda efir yuzini koʻrgan „The Division“ teleserialida bosh rolni ijro etadi. Keyinchalik u NBCda efirga uzatilgan „Parenthood“ (2010—2015) serialida oilaviy matriarx Camille Braverman rolini gavdalantirgan.
Yoshligi va taʼlim olishi
Bedelia New York shahrining Manhattan rayonida tugʻilgan. Yozuvchi va muharrir Marian Ethel (qizlik familyasi: Wagner) va oʻsha paytda jamoatchilik bilan aloqachi 50 yoshli Philipp Harley Culkinning qizi boʻlgan boʻlib dunyoga kelgan. U otasining firmasi bankrot boʻlgan ogʻir moliyaviy davrda tugʻilgan va ular „sovuq suvli kvartirada“ yashashgan. Uning onasi 14 yoshida vafot etadi va „har doim yarasi boʻlgan“ otasi ham koʻp oʻtmay vafot etadi. Uning ikkita akasi bor. Ulardan biri aktyor Kit Culkin va singlisi Candice Culkin. U aktyorlar Macaulay, Kieran va Rory Culkinlarning xolasi hisoblanadi.
Bedelia yoshligida Amerika balet maktabida raqsni oʻrgangan. U HB Studioda aktyorlik malakasi boʻyicha tahsil oladi.
Faoliyati
Aktrisa boʻlishdan oldin, Bedelia baletni oʻrgangan va New York shahar baletida bir nechta spektakllarda, jumladan, The Nutcracker pyessasida ishtirok etgan. Uning yagona raqsdagi roli Playhouse 90 televizion spektakli the George Balanchine Nutcracker (1958)dagi Clara roli boʻlgan. Aktrisa 1961-yildan 1967-yilgacha CBS telekanalining „Love of Life“ serialida doimiy ishtirok etib, Sandy Porter rolini ijro etgan. U, shuningdek, Broadway teatrida ham ishlagan. Badelia u yerda 1962-yilgi Isle of Childrenda Patty Dukeni qoʻllab-quvvatlagan holda debyut qilgan hamda 1966-yilda „My Sweet Charlie“ spektaktildagi ijro etgan bosh rolni uchun Theatre World Award mukofotiga sazovor boʻlgan.
Bedelia 1969-yilda "The Gypsy Moths" filmida debyut qilgan. Oʻsha yilning oxirida u „They Shoot Horses, Donʼt They?“ filmidagi homilador marafon raqqosi sifatida eʼtiborni tortadi. U „Lovers and Other Strangers“ (1970) komediyasida, The Strange Vengeance of Rosalie (1972) va Between Friends (1973) dramatik filmlarida hamda The Big Fix (1978) komediyasida (Richard Dreyfussga qarshi) rollar oʻynagan. Televizion rollari orasida uning ABCda uzatilgan qisqa muddatli The New Land (1974) dramatik serialidagi roli eng taniqlilaridan biridir.
Bedelia NBC telekanalida efir yuzini koʻrgan „Parenthood“ (2010—2015) serialida oilaviy matriarx Camille Braverman rolini oʻynagan.
2017-yilda u „Designated Survivor“ teleserialining 2-mavsumida va ikkita Hallmark filmida suratga tushadi. 2019-yilda u Netflixning „What/If“ serialida maxsus mehmon rolida koʻrinish beradi.
Shaxsiy hayoti
Bedelia 1969-yil 24-aprelda ssenariylar muallifi Ken Luberga turmushga chiqadi. 1980-yilda ajrashishdan oldin, er-xotinlarning Uri (1970-yilda tugʻilgan) va Johan (1976-yilda tugʻilgan) ismli ikki oʻgʻil farzandlari bor edi. U, shuningdek, musiqachi va ssenariy muallifi Jay Telfer bilan qisqa muddat turmush qurgan, keyin esa 1995-yilda aktyorMichael MacRaega turmushga chiqqan.
Filmografiyasi
Filmlarda
Televizion filmlarda
Televizion seriallarda
Mukofotlar va nominatsiyalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org