BONLAR (Fransuzcha bons — yaxshi, qulay) — 1) xususiy firmalar, mahalliy boshqaruv idoralari, korxonalar va davlat tomonidan chiqariladigan qisqa muddatli qarz majburiyatlari. 2) mayda pul vazifasini bajaradigan qog’oz pul belgilari. Bonlar birjada muomalada yuradi, kotirovka (narx belgilanadi) o’tkaziladi, mayda pochta o’tkazmalarini rasmiylashtirishda foydalaniladi. Frantsiyada davlat (xazina) obligatsiyalari, qisqa muddatli kreditlar, bank cheklari, pochta va boshqa hujjatlar Bonlar deb ataladi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston bilan Markaz o’rtasida aloqa qiyinlashgan vaqtlarda (1918-20 yillar) Toshkent va Andijonda ham Bonlar (turkbonlar) chiqarilgan. Keyinchalik sobiq Ittifoqda Bonlar chiqarish man qilingan; 3) muomaladan chiqqan va kollektsiya yoki bonistika (qog’oz pullarni o’rganadigan tarix fani sohasi) predmetiga aylangan qog’oz pullar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish