BONIFIKATSIYA



BONIFIKATSIYA (Fransuzcha bonification, lotincha bonus — marhamatli, yaxshi) — 1) tovarlarga haq to’lash usullaridan biri, kelishuvlarda imtiyozlarni ta’kidlash uchun ishlatiladi. Masalan, tovarning standartdan ortiq sifatlari uchun tovar narxiga qo’shimcha berish, ko’tara (ulgurji) savdo qilganlarga tovarni arzonroq berish, mamlakatdan chiqariladigan tovarlarni xarid qilishda undirilgan soliqlarni qaytarish (eksport Bonifikatsiyasi), davlatning kreditlar uchun to’lanadigan foizlarni o’z gardaniga olib, subsidiya berishi singari ko’rinishlari bor; 2) sotilgan tovarlar miqdoriga qarab savdo xizmatchilarini mukofotlash.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz