Bonesaire
Buenos Ayres — Argentina davlatining poyatxti. Shahrning toʻliq nomi
Ciudad Autónoma de Buenos Aires (
Buenos Aires Avtonom shahri ) dir.
Buenos-Ayres — Argentina poytaxti, muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniymaʼmuriy markazi. Rasmiy chegarasi federal poytaxt okrugi hisoblanadi. LaPlata qoʻltigʻining oʻng sohilida. Aholisi 6 mln., shahar atrofi bilan 11,8 mln. kishi (1999). Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 22°, iyulda 10°, yiliga oʻrtacha 1000 mm yogʻin tushadi.
1536-yilda ispan bosqinchilarining sardori Pedro Mendos asos solgan. 1541-yilda ispanlar indeyslarning zarbasiga bardosh berolmay, shaharga oʻt qoʻyib vayron qilishgan. 1580-yil B.A. qayta qurila boshladi. 1776-yildan LaPlata vitse qirolligi poytaxti. 1816— 26 yillarda B.A. LaPlata Birlashgan provinsiyasining, 1880-yildan Argentinaning poytaxti.
B.A. yirik temir yoʻl tuguni (undan 18 tomonga temir yoʻl ketgan) va dengiz porti (yuk tushirish va ortish yiliga 20 mln. t), Janubiy Amerikadagi havo yoʻllarining markazi; xalqaro Eseys aeroporti bor. Mamlakat importining 85%i, eksportining43% i B.A. orqali oʻtadi. Mamlakat sanoat mahsulotining deyarli 50%i B.A.da ishlab chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: oziq-ovqat va yengil sanoat. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, yogoch tilish, sement zavodlari bor. Universitet (1821-yildan), ilmiy muassasalar (adabiyot, iktisod, huquq va ijtimoiy fanlar akademiyalari), Argentina milliy kutubxonasi, 30 muzey, 40 dan ortiq teatr, konservatoriya (1893-yil), telemarkaz, metropoliten, botanika bogʻi bor. B.A.da axoliyey ispan tilida soʻzlashadigan Lotin Amerikasi davlatlari uchun kitoblar bosib chiqariladi. Shaharda koʻp qavatli, oyna va temirbetondan qurilgan mehmonxona, bank kabi maʼmuriy binolar koʻp. Meʼmoriy yodgorliklaridan Buenos-Ayres shahrining markaziy koʻchalaridan biri.
San-Ignasio cherkovi (1710—34), ratusha (1725—54), sobor (1804), "Kolon" teatri (1909) va 6. bor.
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org