Bondopaddxay Tarashonkor




Bondopaddxay Tarashonkor (1898. 23. 7 — Birbum — 1971) — hind yozuvchisi, jamoat arbobi. Bengal tilida yozgan. B. dovrugʻini taratgan romanlar ("Yer — xudo", 1939; "Xalq — xudo", 1942; "Besh qishloq", 1944 va boshqalar) da katta yer egalari bilan dehqonlar turmush tarzi, ular orasidagi munosabat, umuman bengal qishlogʻi hayoti aks ettirilgan. "Sogʻlomlashtirish maskani" romani, bir nechta pyesa ("Ikkovlon", 1942 va boshqalar) muallifi. Toshkentda boʻlib utgan Osiyo va Afrika yozuvchilari konferensiyasi qatnashchisi (1958).

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz