Bondarenko Boris Anisimovich
Boris Anisimovich Bondarenko (19-oktyabr 1923, Davlekanov shahri, Boshqirdiston — 20-iyul 2017) — kibernetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), fizikamat, fanlari doktori (1970), professor (1974). 1928-yildan Toshkentda. Oʻrta Osiyo davlat universitetni tugatgan (1953). Oʻzbejchctoh Fanlar akademiyasi Matematika institutida (1953—72), Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutida (1972—80), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida (1980-yildan) ishladi. Bondarenko matematik fizikaning yarim chiziqli shu jumladan polivibratsion tenglamalarni oʻrganish boʻyicha xalqaro maktab asoschilaridan biri (rumin olimi Manjeron bilan birga). Ilmiy ishlari uzlukli mat., kombinatolik tahlil, murakkab matematik fizika masalalarini analitik va uzlukli usullar bilan yechish, arifmetik fraktal tuzilmalarini tuzish va tekshirishga, elastiklik nazariyasining 3 oʻlchovli masalalariga bagʻishlangan. "Jasorat" medali bilan takdirlangan (1995).
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org