Bonaventura Cavalieri




Bonaventura Cavalieri (1598, Milan — 1647.30.11, Bolonya) — italiyalik matematik. 1629-yildan Bolonya universitetida mat. kafedrasini boshqargan. "Geometriya" asarida yuza va hajmlarni aniqlashning yangi usuli ("boʻlinmaslar usuli")ni ishlab chiqqan (1635). K.da yassi figuralarning parallel vatarlari yoki fazoviy figuralarning parallel kesimlari boʻlinmas hisoblanadi. K. bu figuralar uchun boʻlinmas yigʻindilar tushunchasini kiritgan. K. ishlari cheksiz kichik miqdorlarni hisoblashning shakllanishida katta rol oʻynagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz