Bon Om Tuk




Bon Om Tuk yoki Suv festivali (kxmer. បុណ្យអុំទូក, inglizcha: Bon Om Touk yoki Khmer Water Festival) noyabr oyida nishonlanadigan Kambodja bayramidir. Festival uch kun davom etadi. U musson mavsumining tugashiga va Tonlesap daryosi oqimining teskari oʻzgarishiga bagʻishlangan. Har yili millionlab insonlarni jalb etadigan eshkak eshish musobaqalari, kontsertlar va mushakbozliklarni oʻz ichiga oladi.

Barcha shaharlar va viloyatlar bayramga qoʻshilishadi, lekin eng katta bayramlar Pnompenda boʻlib oʻtadi, eshkak eshish musobaqalari bu yerda, Sisovat qirgʻogʻi boʻylab , Qirollik saroyi qarshisida oʻtkaziladi. Festival mamlakatning ikkinchi yirik shahri Siemreapda ham juda keng miqyosda nishonlanadi.

2010-yil 22-noyabrda Pnompendagi Bon Om Tuk bayrami chogʻida tiqilinchda 456 kishi halok boʻldi. Bundan avvalgi festivalda ham halokatli hodisalar boʻlgan. Shunday qilib, 2008-yilda qayiqning agʻdarilishi natijasida 5 ta singapurlik eshkakchi, 2009-yilda esa 1 kambodjalik eshkakchi choʻkib halok boʻlgan. 2010-yildagi fojiali voqealardan keyin festival keyingi uch yil davomida bekor qilindi va faqat 2014-yilda qayta tiklandi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz