Bombay mushugi
Bombay mushugi kalta yungli mushuklarning bir turi boʻlib, birma va qora amerikalik shorthair mushuklarini chatishtirish yoʻli bilan yaratilgan tur hisoblanadi. Bombay — Osiyo guruhidagi qora mushuklarga berilgan nomdir.
Tarixi
Bu zot Kentukki shtati Luisvill shahridan seleksioner Nikki Horner tomonidan yaratilgan boʻlib, u 1958-yildan boshlab miniatyura qora panteraga oʻxshash mushuk zotini yaratishga harakat qilgan. Birinchi urinish muvaffaqiyatsiz boʻlgan, ammo ikkinchi urunish 1965-yilda, muvaffaqiyatli boʻldi. Bu zot 1970-yilda Mushuklar assotsiatsiyasi va 1979-yilda Xalqaro mushuklar uyushmasi tomonidan rasman tan olingan va roʻyxatga olingan.
Tashqi koʻrinishi
Bombay birma zoti bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan uy mushuklarining qisqa yungli zotidir. Bombay mushuklari odatda qora yung, panja, burun va ogʻizga hamda mis yoki oltin rang koʻzlarga ega.
Bombay mushugi oʻrta tana tuzilishiga ega. Ularning vazni odatda 8 to 15 pound (3.6 to 6.8 kg) yoki undan koʻp boʻladi.
Zot standarti
Tana: oʻrta oʻlchamli, choʻzilgan tanasi.
Bosh: yumaloq, qisqa. Shakl silliq. Baʼzi mushuklarning burni biroz yassilangan, bu zamonaviy tip deb ataladi. Baʼzilarning oddiy burunlari bor — anʼanaviy tip deb ataladi. Quloqlar tekis, uchlari yumaloq. Koʻzlar faqat sargʻish rangda.
Jun: kalta, zich va yaltiroq, tanaga mahkam yopishgan, laklangan porloq.
Salomatligi
Sogʻlom Bombay mushugi taxminan 15-20-yil yashashi mumkin. Ularda baʼzi sinus muammolari va burunlari gingivit boʻlishi mumkin. Ortiqcha ovqatlanmaslik uchun ularning ovqatlanishini nazorat qilish kerak boʻladi.
Temperamenti
Bombayning shaxsiyati juda ijtimoiy boʻlib, oilalarga kuchli bogʻliqlik bilan ajralib turadi va eʼtiborga intilish bilan ajralib turadi. Zot sifatida ular bolalar uchun juda mos keladi.
Bombay mushuklari baxtli va qulay mushuklar boʻlib, ularning barcha ehtiyojlari qondirilsa, bir xonali kvartirada qulay yashashlari mumkin. Ular tinch muhitni afzal koʻrishadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org