Bombay
Mumbay (avvalgi nomi
Bombay ) — Hindistonning sobiq poytaxti, hozirda Maharashtra shtatining markazi.
Bombay , Mumbay (Mumba maʼbudasi nomidan) — Hindistondagi shahar. Maharashtra shtatining maʼmuriy markazi (I960 yildan). Hindistonning gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinidagi Bombay va Solsett o.larida joylashgan, koʻprik va koʻtarmalar bilan materikka tutashgan. Aholisi 9,9 mln. kishi (1991).
Tarixi
B.ni 1532-yilda Portugaliya mustamlakachilari bosib olgan. 1661-yildan Angliya ixtiyoriga oʻtdi. 1668-yildan inglizlarning OstIndiya kompaniyasi B. da harbiy va savdo bazalar qura boshladi. 19-asrda Hindistonning muhim iktisodiy va ijtimoiy markaziga aylandi. B.da hindistonliklarning ingliz mustamlakachilariga qarshi siyosiy chiqishlari boʻlib oʻtgan (1908, 1946). B. mamlakat shaharlari orasida aholisining soni boʻyicha birinchi, iktisodiy va madaniy mavqei jihatidan ikkinchi oʻrinda. Shaharda turli dindagi har xil millat vakillari (marathlar, gujoratlar, sekxlar, balujlar, otashparast forelar) yashaydi.
Iqtisodiyoti
B. Hindistonning Arabiston dengizi sohilidagi eng katta porti. Bir yillik yuk ortib tu shiri sh 30 mln. t. B.da yirik tovar, fond, paxta birjalari, milliy va chet el banklari, sugʻurta kompaniyalari joylashgan. Ichki va xalkaro aviatsiya yoʻllari tuguni. Mamlakatning asosiy eksport va importi B. orkali utadi. Chetga marganes va boshqa r udal ar, paxta, ip gazlama, teri va charm, moyli oʻsimlik urugʻlari chiqariladi. Chetdan mashina va uskunalar, kumir, neft, gʻalla keltiriladi. Sanoati rivojlangan. B. mamlakatning asosiy sanoat xususan, toʻqimachilik sanoati markazlaridan biri (mamlakat ip gazlama sanoatining kariyb 3/4 qismi B.da), shuningdek bankmoliya markazi; B.da nefti i qayta ishlash, mashinasozlik, yogʻochsozlik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati tarmoklari mavjud.
B. binolari yevropacha va hindcha uslub bilan asosan 19—20-asrlarda qurilgan. B. orolidagi fort (qalʼa) shaharning shahristoni hisoblanadi. Bu yerda davlat muassasalari, banklar, universitet (18S7) va boshqa bor. B. markazida katta Kroford bozori (1871) joylashgan. B. yaqinida Tarapur AES bor. Shahar 16 a.dan maʼlum.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org