BOMBAKSDOSHLAR



BOMBAKSDOSHLAR, baobabdoshlar (Bombacaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub o’simliklar oilasi. Deyarli hamma turlari tropik mintaqada o’sadi, tanasi yo’g’on, ba’zan tanasining o’rta qismi bochkasimon bo’rtib chiqqan. Gullari yirik, to’g’ri, qisman noto’g’ri, ikki jinsli, ko’pincha yakka. Kosabarg va tojbarglari 5 tadan, ba’zan tojbarglari bo’lmaydi. Changchilari 5 ta yoki ko’p, umumiy naychaga yopishgan, ba’zan alohida. 28 turkumi va 190 ga yaqin turi ma’lum. Bombakdoshlardan baobab, DURIAN, paxta daraxti va boshqa foydali daraxtlar hisoblanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz