BOMBA IRG’ITKICH



BOMBA IRG’ITKICH (bombamyot) yaqin masofadan turib jang qilishga mo’ljallangan qurol (kalibri 20-152 millimetr). Bomba irg’itkich dushman askarlarini granatalar va parchalanadigan bombalar (2,5 kilogrammdan 20,7 kilogrammgacha) bilan shikastlantirish uchun ishlatilgan (masalan, 1-jahon urushida). Otish uzoqligi 850 metr. Bomba irg’itkich tuzilishi jihatidan minomyotga o’xshaydi. Snaryadlarning shikastlantirish quvvati juda kichik bo’lganligi uchun Bomba irg’itkich o’rniga minomyot ishlatiladigan bo’ldi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz