BOMBA (lotincha bombus — shovqin) — 1) artilleriya snaryadining eski nomi. Silliq stvolli artilleriyada ichi bo’sh sferik cho’yan korpusdan, qora porox zaryadidan va porox tarkibi zichlab tiqilgan yog’och naychadan iborat snaryadlar Bomba yoki granatalar deb atalgan. Bombaning zaryadi naychadagi modda yongandan keyin portlaydi. 19-asrdan boshlab rus armiyasida bir pud (16 kilogramm) dan ortiq snaryadlar Bomba deb atalgan, 122 millimetrli tuplarning snaryadi ham 20-asr 30-yillarigacha Bomba deyilgan; 2) 1-jahon urushida ishlatilgan bomba irg’itkichning portlab parchalanadigan snaryadi; 3) poroxning stvol ichidagi gaz kuchi va temperaturasini ulchash uchun ishlatiladigan asbob; 4) aviatsiya bombasi (qanotli snaryadlar deb atash rasm bo’lgan); 5) suv osti kemalarini portlatish uchun mo’ljallangan snaryad; 6) atom bombasi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish