BOMA



BOMA — Kongo demokratik Respublikasi g’arbidagi shahar. Aholisi 246 ming kishi (1991). Atlantika okeani qirg’og’idan 75 kilometr ichkarida, Kongo daryosi estuariysidagi port (dengiz kemalari kiradi); chetga o’rmon va qishloq xo’jalik mahsulotlari (palma moyi, banan, kakao, kauchuk) eksport qilinadi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlanadi; kimyo, yog’ochsozlik, metallni qayta ishlovchi korxonalar bor. Kema ta’mir qilinadi. Baliq ovlanadi. Shaharga 16-asrda asos solingan. 1886-1926 yillarda Belgiya Kongosi ma’muriy markazi bo’lgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz