BOLYAY (BOYAI) YANOSH
BOLYAY (BOYAI) YANOSH [1802.15.12, Kolojvar (Kluj) — 1860. 27.1, Maroshvasharxey (Tirgumuresh] — Venger matematigi. Noevklid geometriya g’oyalariga mustaqil ravishda kelgan. Talabalik yillaridayoq, parallel chiziqlar haqidagi postulatni isbotlash bilan shug’ullana boshlagan, keyinchalik ham bu ishlarini davom ettirgan. Bolyay o’z tadqiqotlarini tartibga solib, 1832 yilda “Appendiks” asarini nashr qildirdi. Bu asar eng mukammal matematik asarlar jumlasiga kiradi. Bolyay ishlari tirikliga chog’ida tan olinmadi, bu hol uning ruhiyatiga salbiy ta’sir qildi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz