BOLTIRIQ



BOLTIRIQ [Cardaria repens L. (Schrenk) larm.] — krestguldoshlarga mansub ko’p yillik begona o’t. Poyasi tik usadi, sershox, bo’yi 15-20 santimetr. Barglari ketma-ket joylashgan, gullari oq, qalqonsimon to’pgulga yig’ilgan. Mevasi to’rt urug’li qo’zoq. Aprel — iyunda gullaydi va mevalaydi. Urug’idan hamda ildiz bachkilaridan ko’payadi. Bir tup o’simlik 3-5 mingtagacha urug’ beradi. Urug’lari asosan suv orqali tarqaladi. 15-20° temperaturada unib chiqadi. Ildizi o’q ildiz bo’lib, tuproqqa 1,5—2 metrgacha chuqur kiradi. Qurg’oqchilik va sho’rga chidamli. O’rta Osiyoda tarqalgan. Bedapoyalar, paxtazor, sug’oriladigan va lalmi ekinlar orasida, yo’l yoqalari, tashlandiq yerlar, ariq bo’ylari, bog’ uzumzorlarda uchraydi. Kurash choralari: ang’izni yumshatish, yerni chuqur shudgor qilish, kultivasiyalash va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz