BOLTIQ DENGIZI



BOLTIQ DENGIZI — Atlantika okeanining bir qismi. Maydoni 419 ming kilometr kvadrat. Materik ichkarisiga chuqur kirib borgan. Chuqurligi 40-100 metr, eng chuqur yeri 470 metr. Boltiq dengizida suv osti balandliklari va botiqlar, Botniya, Fin, Riga kabi qo’ltiqlar, Saaremaa, Ryugen, Gotland, Eland, Bornxolm, Aland kabi kata orollar bor. Okean bilan Eresunn, kata va kichik Belt, Kattegat va Skagerrak bo’g’ozlari orqali tutashgan. Qirg’oqlari asosan qumli pasttekisliklardan iborat, shimoli sharqi qoyali. Dengiz tubi qum va gilli balchiqlar biln qoplangan. Botiqlar, qatortepalar va jarliklar ko’p uchraydi. Boltiq dengiziga 250 dan ortiq daryo (Neva, G’arbiy Dvina, Visla Odra va boshqalar) quyiladi. Boltiq dengizining iqlimi mo’tadil. Janubda yanvarning o’rtacha temperaturasi — 1,1°, iyulniki 17,5°, shimolda yanvarniki — 11,5°, iyulniki 17°. O’rtacha yillik yog’in 500-600 millimetr, ba’zi joylarida 1000 millimetrgacha. Qishda suv yuzasining temperaturasi 1-3°, yozda 18-20°. Boltiq dengizining qirg’oqqa yaqin qismlari noyabrdan aprel oyigacha muzlaydi. Boltiq dengizi yuzasida suvning sho’rligi faqat g’arbida 11%o, boshqa qismlarida 2-3%o dan 6— 8%o gacha. Boltiq dengizida seld, chavaqbaliq, anchous, paltus, losos, olabug’a ovlanadi. Botniya qo’ltig’ida tyulen bor. Boltiq dengizi Boltiqbo’yi mamlakatlarining eksportimportida va yo’lovchilar tashishda katta ahamiyatga ega. Antropogen ta’sirlar natijasida ekologik ahvoli yomonlashgan. Asosiy portlari: Sankt Peterburg, Tallin, Riga, Liepaya, Ventspils, Klaypeda, Kaliningrad, Shchesin, GdanskGdinya, Rostok va boshqalar. Kurortlardan: Yurmala, Kolobjeg, Ustka va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz