BOLTAYEV HOJIXON



BOLTAYEV HOJIXON [1902, Xonqa (hozirgi Yangiariq) tumani Qorchimon qishlog’i 1987.12.8, Chorjo’y (Xonqa tumani qabristoniga dafn etilgan)] — xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1969). Xorazm maqomchilik maktabining namoyandasi. Xorazm viloyati musiqali drama teatrida (1934— 41, 1949-61), milliy estradada (1942-49), M. Xudoybergenov rahbarligidagi maqom ansamblida (1942— 45) ishlagan. 1962-72 yillarda Urganch shahar madaniyat uyida o’zi tashkil etgan maqomchilar ansamblining rahbari. Repertuaridan Xorazm maqomlari, suvoralar va boshqa yirik ashula yo’llari o’rin olgan. Jarangdor va yoqimli ovoz sohibi. Tovush kuchini ravon taqsimlash, avjlarga engil chiqa borish va ularni uzoq saqlay olish Boltayev uslubiga xos. Boltayev to’la ijro etgan Buzruk, Segoh maqomlari San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, ko’plab suvora va maqom yo’llari O’zbekiston radiosi hamda Toshkent gramyozuv studiyasi tomonidan yozib olingan. Boltayev — Xorazm maqomchilaridan N. Yusupova, Q. Iskandarov, hofizlardan R. Jumaniyozov, K. Hojiyev, S. Avazov va boshqalarning ustozi. 1990 yildan Xorazmda Boltayev nomida xonandalar tanlovi o’tkazilmoqda.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz