BOLTAYEV BOTIR (1942. 15. 12, Xiva) — me’moriy yodgorliklarni ta’mirlash ustasi, me’mor. O’zbekiston Badiiy akademiyasining akademik (1997). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1974). Madaniyat ishlari vazirligining madaniy yodgorliklarni asrash ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasining maxsus loyihalash ustaxonasida me’mor, usta. Me’mor, naqqosh, koshinkor va o’ymakor usta sifatida qadimgi me’moriy obidalarni ta’mirlashda faol ishtirok etadi. 90-yillarda Mchan qal’adatn Toshhovli (xaramxona), ko’hna Ark (arzxona), qibla Tozabog’dagi masjid, Pahpavon Mahmud maqbarasi, uch avliyo maqbarasi, Shahrisabzdagi Gumbazi Sayidon, ko’k gumbaz masjidi, Buxorodagi Bahouddin majmuasi va boshqalarni ta’mirlashda qatnashdi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish