Boltayev Abdurauf




Abdurauf Boltayev (1909.2.6, Kattaqoʻrgʻon 1978.6.10, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1931—34 yillarda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqoʻrgʻon shahri, Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934—39 ylar Samarqand viloyat teatri da, 1939-yildan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi ("Maysaraning ishi"), Boboxon ("Tohir va Zuhra"), Jiyanboy ("Gʻunchalar"), Umurzoqboy ("Paranji sirlari"), Flores ("Qoʻzibuloq"), Qozi ("Navoiy Astrobodda"), Mulla Kamol ("Nurxon") va boshqa "Opasingillar", "Qutlugʻ qon", "Qalbingda quyosh" filmlari, "Nashtar" satirik kinojurnalining koʻp sonlarida turli rollar ijro etgan. B. kulgili, hajviy rollarda tanilgan. U oʻz kahramonlarining asosiy xususiyatlarini boʻrttirib tasvirlaydi, hajv va kinoya vositalaridan keng foydalangan. B. yaratgan qahramonlar soddaligi va samimiyligi bilan ajralib turgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz