BOLTAYEV ABDURAUF



BOLTAYEV ABDURAUF (1909.2.6, Kattaqo’rg’on 1978.6.10, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1964). 1931-34 yillarda Qoradaryo, Narpay, Sariosiyo tumanlari, Kattaqo’rg’on shahri, Qashqadaryo viloyati teatrlarining tashkilotchilaridan, 1934-39 yillar Samarqand viloyat teatrida, 1939 yildan Muqimiy teatrida aktyor. Mashhur rollari: Qozi (“Maysaraning ishi”), Boboxon (“Tohir va Zuhra”), Jiyanboy (“G’unchalar”), Umurzoqboy (“Paranji sirlari”), Flores (“Qo’zibuloq”), Qozi (“Navoiy Astrobodda”), Mulla Kamol (“Nurxon”) va boshqalar. “Opasingillar”, “Qutlug’ qon”, “Qalbingda quyosh” filmlari, “Nashtar” satirik kinojurnalining ko’p sonlarida turli rollar ijro etgan. Boltayev kulgili, hajviy rollarda tanilgan. U o’z qahramonlarining asosiy xususiyatlarini bo’rttirib tasvirlaydi, hajv va kinoya vositalaridan keng foydalangan. Boltayev yaratgan qahramonlar soddaligi va samimiyligi bilan ajralib turgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz