Boltaquli Rahmatbekov
Boltaquli Rahmatbekov , Baltoquli Rahmatbek oʻgʻli — 1830—1831 va 1838—1839-yillarda Buxoro amirligining Rossiyadagi elchisi.
Birinchi elchilik
Mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan o‘zbek hukmdori, Buxoro amiri Nasrullo (1827—1860) taxtga o‘tirgach, Rossiya imperiyasi bilan aloqa o‘rnatishga qaror qiladi va 1830-yil avgustda birinchi elchini yuborgan. Elchilikga Chigʻatoybek unvonini olgan elchi Boltaquli Rahmatbekov boshchilik qilgan. U bojxona to‘lovlarini kamaytirish, amirlikni to‘p quyish ustalari bilan taʼminlashni iltimos qilgan. Lekin rus hukumati bu iltimoslarni rad etib, 1831-yil avgustida Rahmatbekov Buxoroga qaytib kelgan
Ikkinchi elchilik
1838-yil 5-avgustda Boltaquli Rahmatbekov do‘stlik, savdo-sotiqni kengaytirish va qimmatbaho toshlar bo‘yicha mutaxassislarni Buxoroga yuborish takliflari bilan ikkinchi marta Peterburgga yuborilgan. Murojaat asosan avvalgi elchilikning bir qator shunga oʻxshash hujjatlarini takrorlangan: Rossiya bilan doʻstlik istagi, savdo aloqalarini kengaytirish va karvon yoʻllari xavfsizligini taʼminlash haqida. Boltaquli Rahmatbekov tashqi ishlar vaziriga amir podshohdan xonlikka yaxshi geolog yuborishni iltimos qilgan hujjatni taqdim etgan. Savdo-sotiq bilan bogʻliq masalalarni hal qilib boʻlgach, Boltaquli Rahmatbekov 1839-yil mart oyida Peterburgni tark etgan.
Boltaquli Raxmatbekov elchiligi natijalari
Boltaquli Rahmatbekov elchixonalari Buxoro-Rossiya munosabatlarining mustahkamlanishiga hissa qo‘shgan. 1839-yil kuzida Rossiyadan Buxoroga E. P. Kovalevskiy boshchiligidagi geologlar missiyasi yuborilgan, biroq koʻchmanchilar hujumi tufayli Buxoroga yetibkelmagan. Buning ortidan 1842-yilda polkovnik K. F. Butenevning missiyasi muvaffaqiyatli boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org