BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO



BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO (1660-1712) Usmonli turk imperiyasi sultoni Ahmadxon III davri (1703-30) dagi Sadri A’zam. O’smirlik chog’ida Sulton saroyiga kelib, Boltachilar safiga xizmatga kirgan. Xushro’y va xushovoz bo’lganidan edda “Xushro’y muazzin” degan nom bilan tanilgan. 1704 yil Sulton Ahmadxon III uni bosh miroxur etib tayinlagan, bir yildan keyin esa Sadri A’zam lavozimiga ko’targan. 18 oy shu lavozimda ishlagach, amaldan tushirilgan, keyinchalik Arzirum va Halab voliysi etib tayinlangan. 1710 yil rus-turk urushi boshlangach, Sadri A’zam lavozimiga qayta tayinlangan. Turk lashkari rus qo’shinlarini Prut daryosi etagida butunlay tormor qilib, Pyotr I ni asir olishiga bir bahya qolganda, Boltachi (Tabardor) Muhammad Posho ruslarga sulh tuzishni taklif qilib g’oyatda katta xatoga yo’l qo’ygan. U bu xatosi uchun amaldan tushirilib, Mitilena, so’ng Lemnos oroliga surgun qilingan va bir yildan keyin o’sha yerda vafot etgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz