Boltaboy Bekmatov




Boltaboy Bekmatov (1958, Toshhovuz viloyati Moylijangal qishlogʻi-) – Shovotlik zootexnik shoir.

Hayoti



Asli Turkmanistonning Toshhovuz viloyati Moylijangal qishlogʻida 1958 yilda tugʻilgan Boltaboy aka 1981 yilda texnikumni bitirgach, Shovotdagi fermada ishlay boshlagan, ammo muntazam sheʼrlar bitardi.

Taʼlimi



Boltaboy Bekmatov Xiva qishloq xoʻjalik texnikumini bitirib bir necha yillar "Shovot" sovxozida zootexniklik qilgan. Asli Turkmanistonning Toshhovuz viloyati Moylijangal qishlogʻida 1958 yilda tugʻilgan Boltaboy aka 1981 yilda texnikumni bitirgach, Shovotdagi fermada ishlay boshlagan, ammo muntazam sheʼrlar bitardi.

Shoirning doʻsti Bahrom Roʻzimuhammad aytganidek, "biz xayol deganda oʻy-fikr oqimini yoki tasavvur qilish amalini tushunamiz. Ammo, xayolning mazmuni biz oʻylagandan ham kengroq boʻlishi mumkin.

Matnazar Abdulhakim, Bahrom Roʻzimuhammad va Toshkentdagi jiddiy ustozlari taʼsirida Boltaboy Bekmatov fermadagi zootexniklik kasbini tashlab Moskvada tahsil oldi. M.Gor`kiy nomidagi Jahon Adabiyoti institutiga kirib oʻqidi.

Faoliyati



1986-92 yillarda Boltaboy Bekmatov institutda tahsil olib, qadrdon Shovot tumaniga qaytib keldi.

Shundan soʻng 1992-95 yillarda Toshhovuz viloyatining "Doʻstlik bayrogʻi gazetasida muxbir boʻlib ishladi. 1995-99 yillarda esa „Xorazm“ nashriyotida bosh muharrirlik qildi. 1999 yildan keyin Shovot tumani maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, viloyat maʼnaviyat targʻiboti markazida, yozuvchilar uyushmasining viloyat boʻlimida konsul`tantlik qildi. Ayni paytda „Xorazm“ nashriyotida ishlayapti.

1992 yilda „Alvon uchqunlar“, 1993 yilda „Seni koʻrgim keladi“, 1996 yilda rus tilida „Tsvetok v xrustalnoy vaze“, 2012 yilda „Billur guldon“ sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Respublikamizdagi koʻplab gazeta-jurnallarda ijod namunalari yoritilgan shoirning rus tilidagi toʻplamiga moskvalik taniqli shoira Tatʼyana Bek soʻz boshi yozgandi. Alber`t Vazixov, Ivan Novitskiy, Tatʼyana Bek, Matnazar Abdulhakim singari shoir va adabiyotshunoslar Boltaboy Bekmatov sheʼrlarini rus tiliga tarjima qilishgan.

Shu bilan birga shoirning oʻziyam Afanasiy Fet, Ivan Novitskiy sheʼrlarini, Pushkinnning „Motsart va Salyeri“ (kichik fojia)sini oʻzbekchaga oʻgirgan. Tarjimada Pushkinga xos shiddat shundoqqina mavjlanadi, jilva qiladi:

Kim ham aytolardi: Sal`eri magʻrur,

Razil bir hasadgoʻy, yerga toptalgan,

Tuproq chaynayotgan ojiz ilon deb?

Hech kim… Lekin endi-chi, oʻzim aytaman.

Endi men hasadgoʻy. Hasad qilaman,

Chuqur iztirobda qilaman hasad.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz