Bolta Ortiqov
Bolta Ortiqov (1924-yil 5-may, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR - 2001-yil 19-noyabr, Dushanbe, Tojikiston) - yozuvchi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Hayoti
Bolta Ortiqov 1924-yil 5-may kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach, 1948-yili Samarqand davlat pedagogika instituting filologiya fakultetiga oʻqishga qabul qilinadi. Bundan keyin, Kofarnihon tumanidagi maktablarda oʻqituvchilik qilgan. 1952-yilda „Pioneri tojik“ gazetasida boʻlim mudiri sifatida faoliyatini boshlaydi. Soʻng, „Maorif va madaniyat“ gazetasida muxbirlik qilgan. 1953-yilda Samarqandga qaytib, ijodini davom ettiradi. U 1960-yilda Tojikiston SSR yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻldi. Bolta Ortiqov 2001-yil 19-noyabr kuni Tojikiston Respublikasidagi Dushanbe shahrida vafot etdi
Ijodi
Bolta Ortiqovning ijodiy ishlari 1953-yildan boshlab nashr qilina boshlaydi. Uning ilk kitobining nomi „Yoshlik ovozi“ boʻlib, 1954-yil nashr qilingan. Uning 1958-yilda „Qishloq bolalari“ kitobi chop etiladi. Soʻng, 1962-yilda „Shirinliklar“ asari, 1965-yilda „Yaxshi qiz“ qissasi, 1966-yilda „Pishmagan olma“ toʻplami nashr qilingan. 1971-yilda „Uch burchakli maktub“ , 1973-yilda „Handalak“, 1959-yilda „Yozgi taʼtil“ nomli toʻplamlari nashr qilingan. Bolta Ortiqovning 1964-yili „Polvon“, 1965-yil „Atirgul“, 1975-yilda „Lolazor bolalari“ nomli kitoblari chop etilgan. Uning 1985-yilda „Samarqand qissasi“ kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu kitob 3 marotaba(1987-yil, 1989-yil va 1991-yil) nashr etilgan.
Kitoblari Manbalar
uz.wikipedia.org