BOLSMAN TAQSIMOTI
BOLSMAN TAQSIMOTI — ideal gaz zarralarining tashqi kuch maydoni (masalan, tortishish maydoni) da energiyalari E bo’yicha muvozanatli taqsimlanishi; taksimlanish funktsiyasi f~erE/kl orqali aniqlanadi, bunda E — zarralarning kinetik va potentsial energiyalari yig’indisi, T — mutlaq temperatura, k — Bolsman doimiysi. Bolsman taqsimoti zarralarning tezliklari bo’yicha Maksvell taqsimotining L. Bolsman tomonidan topilgan umumiy xulosasidir (1868-71).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz