Bolsman Lyudvig




Bolsman Lyudvig (nemischa: Ludwig Eduard Boltzmann 1844. 20. 2, Vena — 1906.5.9, Duino, Italiya) — avstriya fizigi. Vena FA aʼzosi (1895). Statistik fizika va fizik kinetika asoschilaridan biri. Bolsman oʻz nomi bilan ataluvchi taqsimot funksiyasini va gazlarning asosiy kinetik tenglamasini yaratdi. Termodinamikaning ikkinchi krnunini statistik nuktai nazardan asoslab berdi (1872). Bolsman gazlar va qattiq jismlarning dielektrik doimiylarini aniqladi. Issiqlik nurlanishi qonunlaridan biri (Stefan — Bolsman qonuni) ni yaratdi. Bu qonun hozirgi zamon nurlanish nazariyasini rivojlantirishda muhim rol oʻynadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz