BOLSMAN (BOLTZMANN) LYUDVIG



BOLSMAN (BOLTZMANN) LYUDVIG (1844. 20. 2, Vena — 1906.5.9, Duino, Italiya) — Avstriya fizigi. Vena Fanlar Akademiyasi a’zosi (1895). Statistik fizika va fizik kinetika asoschilaridan biri. Bolsman o’z nomi bilan ataluvchi taqsimot funktsiyasini va gazlarning asosiy kinetik tenglamasini yaratdi. Termodinamikaning ikkinchi krnunini statistik nuktai nazardan asoslab berdi (1872). Bolsman gazlar va qattiq jismlarning dielektrik doimiylarini aniqladi. Issiqlik nurlanishi qonunlaridan biri (Stefan — Bolsman qonuni) ni yaratdi. Bu qonun hozirgi zamon nurlanish nazariyasini rivojlantirishda muhim rol o’ynadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz