BOLSHEVIKLAR



BOLSHEVIKLAR (ruscha bolsheviki — ko’plar) — Rossiya sotsial-demokratik ishchilar partiyasi (RSDRP) da Lenin boshchilik qilgan siyosiy okim (fraktsiya) vakillari. 1917 yil apr.dan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan. Bolsheviklar tushunchasi RSDRP 2-s’yezdida (1903) Lenin tarafdorlari partiya rahbar organlariga saylovlarda ko’pchilik ovoz olganidan so’ng yuzaga kelgan. Shu sababli ular — bolshevik, kam ovoz olgan raqiblari esa — Menshevik deb yuritila boshlagan. Bolsheviklar mamlakatda totalitaristik siyosat yuritgan. Bolsheviklar so’zi 1917-52 yillarda RSDRP (b), RKP (b), VKP (b) deb atalgan partiyaning rasmiy nomlarida ishlatilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz