Bolqor Tili




Qorachoy-bolqor tili - turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya, AQShda yashovchi qorachoylarning hamda Rossiya Federatsiyasining Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qoʻshni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qora-choylar 150 ming, bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-asr oxirlari).

Q.-b.t., asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 ta: "ch" lovchi - "j" lovchi (qorachoy) va "s" lovchi — "z" lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga boʻlinadi. Mas, quchuk > kutsuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > zuz (yuz), jil > zil (yil) va boshqa Q.-b.t.ning uziga xosligi sifatida yana baʼzan soʻz boshidagi "y" undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — oʻn, eki on — yigirma yuch on — oʻttiz; bir jiyirma — yigirma, yeki jiyirma — qirq, yuch jiyirma — oltmish) kabilarni koʻrsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan oʻmashgan soʻzlar mavjud.

Oʻtgan asrning 20-yillarida "ch" lovchi lahja asosida adabiy Q.-b.t. shakllandi. Yozuvi 1924—26 yillarda arab grafikasi, 1926—37 yillarda lotin grafikasi, shundan keyin rus grafikasi asosida shakllantirilgan.

Adabiyot




Qorachoy-Bolqor tili  — qorachoylar bilan bolqorlarning gaplashuvchi tili. Uning ikki dialekti bor, ularning ajralishi — qorachoylar /tʃ/ va /ʒ/, bolqorlar esa /ts/ va /z/ degan ikki tovushni qoʻllanadi. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Asosan Rossiyaning Qorachoy-Cherkes va Kabardin-bolqor respublikalarida keng tus olgan. Shu ikki respublikada davlat tili boʻlib hisoblanadi. Rossiyada 303 ming kishi gaplashadi (2002-yilgi sanoq). Alifbosi 1920—24 yillarda arab alifbosi, 1924—36 yillarda lotin alifbosi, 1936-yildan buyon — kirill alifbosiga asoslangan.

Alifbosi



Hozirgi qorachoy-bolqor alifbosi




lotin alifbosi




Sonlar




Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz