BOLQON YARIM OROLI
BOLQON YARIM OROLI — Janubiy Yevropadagi yarim orol. Maydoni 505 ming kilometr kvadrat. Bolqon yarim orolining materikdagi shartli chegarasi Dunay va Sava daryolaridan o’tadi. Kichik Osiyo yarim orolidan marmar dengizi, Bosfor va Dardanel bo’g’ozlari orqali ajralib turadi. G’arbdan sharqqa (45° shu kabilar bo’ylab) 1260 kilometr, shimoldan Janubga 950 kilometrga cho’zilgan. Bolqon yarim orolini qora dengiz, O’rta dengiz, marmar, Egey, Ioni va Adriatika dengizlari o’rab turadi. Qirg’oqlari juda parchalangan, yarim Orol atrofida mayda orollar ko’p (shim. Sporada, Evbeya, Kiklada va boshqalar). Bolqon yarim orolining katta qismi tog’lardan iborat, g’arbiy va Janub tomonlarida tog’lar qirg’oqqa yaqinlashib kelgan. Shim.Sharqiy qismida Stara Planina (Bolqon) tog’lari va Dobruja platosi joylashgan. Yarim orolning Sharqiy qismida uncha kata bo’lmagan pasttekisliklar bor. O’rta Dunay va quyi Dunay tekisliklarining Janub qismi kiradi. Sohilida O’rta dengiz iqlimi, Markaziy va shimol qismida mo’tadil kontinental iqlim, tog’lik qismida esa balandlik iqlim mintaqalari hosil bo’lgan. Iyulning o’rtacha temperaturasi shimolda 22-23°, Janubda 25-27°, yanvarniki shimolda — gradusdan -2° gacha va janubda 81 gradus. Yillik yog’ing’arbida 10001500 millimetr, Kotor qo’ltig’i atrofida 5000 millimetr, Sharqiy va janub qismida 1000 millimetrdan kam. Dunaydan boshka daryolari uncha katta emas, lekin gidroenergiya resurslariga boy. Eng yirik daryolari — Marisa, Morava, Struma, Iskir, Sava. Bolqon yarim oroli Janub qismining va Adriatika dengizi sohilining o’simliklari O’rta dengiz o’simliklari tipiga kiradi. Boshqa qismlaridagi o’simliklar Markaziy Yevropa o’simliklariga o’xshaydi. Tog’larning yon bag’rida keng bargli va igna bargli o’rmonlar, yuqorisida o’tloqlar bor. Foydali qazilmalardan ko’mir, temir rudasi, rangli metallar (mis, rux, qo’rg’oshin), simob, boksit, neft bor. Bolqon yarim orolida Bolgariya, Albaniya, Gresiya, Bosniya, Gersegovina, Makedoniya, Xorvatiya, Sloveniya, Ruminiya, Yugoslaviya va Turkiyaning bir qismi hamda Italiyaning shim.sharqidagi kichik bir qismi joylashgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz