Bolqon Togʻlari
Stara planina (bolgar tilida — keksa togʻ), Bolqon togʻlari — Bolgariyadagi tog sistemasi. Gʻarbdan sharqqa 555 km ga choʻzilgan bir necha burmali tog tizmalaridan iborat. Eng baland joyi 2376 m (Botev togi). Togʻ choʻqqilari tekis, shim. yon bagʻirlari yotiq, jan. esa nisbatan tik. Slanets, granit, ohaktosh va qumtoshlardan tuzilgan. Karst rivojlangan. Bosh tizma shimolga tomon Dunay tekisligigacha pasayib boradi. Iklimi moʻʼtadil nam. Yillik yogʻin 800—1000 mm. Shim. yon bagʻriga yogʻin kup tushadi. Qishda togʻlar qor bilan qoplanadi. S.P. dan Dunay va Maritsa daryolari irmoklari boshlanadi. Yon bagʻirlarida 1700 m balandlikkacha dub, qoraqayin, yuqori qismida igna bargli daraxtlar usadi. Eng baland qismi oʻtloq. Foydali qazilmalardan koʻmir, mis, temir, qoʻrgʻoshinrux rudalari bor. Mineral buloklar va kurort koʻp.
Manbalar
uz.wikipedia.org