BOLQON ANTANTASI



BOLQON ANTANTASI — Gretsiya, Ruminiya, Turkiya va Yugoslaviyaning Ittifoqi (1934 yil 9 Fevral, Afina shahri). 1-jahon urushidan so’ng Bolqonda tarkib topgan kuchlar nisbatini saqlash maqsadida Frantsiya hukmron doiralari tashabbusi bilan tuzilgan. Bolqon Antantasi mazkur ittifoq qatnashchilarining Bolqondagi chegaralari xavfsizligini o’zaro kafolatlashni, ulardan biriga hujum qilingan taqdirda o’zaro yordam ko’rsatishni ko’zda tutardi. 1939-45 yillardagi 2-jahon urushi Bolqon Antantasiga barham berdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz