BOLQIN



BOLQIN (Muricaria alopecuroides Schrenk) — yulg’undoshlar oilasiga mansub tuksiz chala buta, bo’yi 2 metrcha. Barglari tuxumsimon yoki nashtarsimon, bandsiz, mayda, uzunligi 10-12 millimetr. Gullari ikki jinsli, kosachasi asosigacha bo’lingan; tojbargi 5 ta, changchilari 10 ta, 5 tasi uzun. To’pgullari boshoqsimon, yosh shoxchalarning uchida joylashgan. Ko’sagi silliq, uzunligi 10 millimetr, eni 3 millimetr keladi. Maydan sentabrgacha gullaydi. Bolqin Toshkent, Farg’ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining tog’li hududlarida o’sadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz