BOLOTNIKOV QO’ZG’OLONI
BOLOTNIKOV QO’ZG’OLONI (1606-07) — krepostnoylikka qarshi xoloplar, dehqonlar, shaharliklar, streleslar, kazaklarning Ivan Bolotnikov yetakchiligidagi qo’zg’oloni. 1606 yilning iyulida Janubiy G’arbiy Rossiyada boshlangan. Qo’zg’olonchilar 1606 yil avgust—sentabrda Kromi va Kaluga yaqinida podsho qo’shinlariga zarba berishgan. Podsho Vasiliy IV Shuyskiy siyosatidan norozi bo’lgan dvoryanlar unga qarshi qo’zg’alib, o’z otryadlari bilan Bolotnikov qo’zg’oloniga kelib qo’shilganlar. Qo’zg’olonchilarning Kromi va eles atrofida hamda Ugra, Lopasnya daryolari bo’yida podsho askarlari ustidan qilgan g’alabalaridan so’ng qo’zg’olon juda keng hudud (Rossiyaning Janubi g’arbi, Janubidagi 70 ga yaqin shaharlar, shuningdek quyi va o’rta Volga bo’yi) ga yoyilgan. Qo’zg’olonchilar Moskvani 2 oy davomida (1606 yil 7 oktabrdan 2 dekabrgacha) qamal qilib turganlar. Podsho hukumatining qo’zg’olonchilar orasida ixtilof chiqarib, dvoryan otryadlarini dehqonlardan ajratish maqsadidagi turli nayranglari natijasida Moskva yonidagi jangda (1606 yilning noyabr) dvoryan otryadlari dehqonlarga xiyonat kilib, podsho tomoniga o’tib ketgan. Qo’zg’olonchilar shu tufayli kotla daryosi bo’yida mag’lubiyatga uchrab (1606 yil 2 dekabr) Kalugaga chekinganlar. 1607 yil yoz-kuz fasllarida qo’zg’olonchilar Ileyka Muromes otryadlari bilan to’la ostonalarida podsho qo’shini bilan kurashganlar. 4 oylik qamaldan so’ng Tula taslim bo’lgach (1607 yil 10 oktabr), Bolotnikov qo’zg’oloni bostirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz