BOLOTNIKOV IVAN ISAYEVICH
BOLOTNIKOV IVAN ISAYEVICH (? 1608) — Rossiyadagi qo’zg’olon (1606— 07) rahbari. U yoshligida boyar Telyatevskiyning qaroli (xolopi) bo’lgan, keyinchalik kazaklar tomoniga qochgan, tatarlar uni tutib olib, turklarga qul qilib sotishgan. Bolotnikov Turkiya harbiy kemasida eshkakchi bo’lib ishlagan. Qullikdan qochib Rossiyaga qaytgan. Rossiyaningjan. hududlari, Moskva atrofi, Kaluga, Tulada qo’zg’olonchi qo’shinlar tashkilotchisi. Qo’zg’olon bostirilgach, Bolotnikov Kargopolga surgun qilingan (1607 yil oktabr), ikkala ko’zi o’yilib, suvga cho’ktirilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz