BOLOSOY, Forishsoy — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining shim. yon bag’ri (1800 metr) dan boshlanadi. Uzunligi 25 kilometr, havzasining maydoni 18 kilometr kvadrat. Bolosoy bosh qismida ko’p joylarda qoyali daralardan iborat tor vodiyda, shag’al va xarsang toshli serostona o’zanda oqadi. Bolosoy kamsuv soy, o’rtacha suv sarfi 80 l/sekund. Bolosoyda asosan erta bahorda, qor erigan va yomg’ir yoqqan vaqtlarda sersuv bo’ladi, yozda tekislik qismida soy qurib qoladi. Bolosoy Forish qishlog’i yerlarini sug’oradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish