BOLOR QO’YDI



BOLOR QO’YDI, bolor oshirdi (to’sin chiqardi) — uy-joy qurish bilan bog’liq marosimlardan biri, uyning devori tiklangach, birinchi bolor (to’sin) chiqariladi. Shunda quruvchi ustalar “bolor o’tirmayapti” deyishadi. Uy egasi ustalarga bittadan yo ko’ylak, yo chorsi beradi. Mana shundan keyin uyning bolorlari chiqariladi, ustalarga, qurilishda yordam berayotgan va hozir bo’lganlarga ziyofat beriladi. Bolor qo’ydi (oshirdi) marosimi uyning tomini yopish uchun chiqariladigan to’sinlar yaxshi o’tirsin, tomi mustahkam bo’lsin degan maqsadda qilinadigan xayrsadaqa ko’rinishlaridan biridir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz