BOLONYA UNIVERSITETI — Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. Italiyaning Bolonya shahrida joylashgan. 11-asrda asos solingan. 12-15-asrlarda mashhur bo’lgan; 13-asrda Universitetdagi o’quvchilar soni 10 mingga yetgan. Bolonya universiteti yuridik, siyosiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, falsafa va san’at, pedagogika, tibbiyot, dorishunoslik, kimyo, muhandislik, qishloq xo’jalik, veterinariya va boshqa sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bolonya maktabida 60 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi. Universitet kutubxonasida 1 millionga yaqin asar saqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish