BOLOMETR
BOLOMETR (Yunoncha bole — nur t… metr) — nurlanish energiyasini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Yutilayotgan nurlanish oqimi ta’sirida elektr karshiligi o’zgaradigan termosezgir element ishiga asoslangan. Termosezgir element yuzasi yuqori yutish krbiliyatiga ega qora qurumga bo’yalgan, odatda, yupqa (0,1—1 mkm) metall qatlam yoki kata traviy qarshilik koeffisientiga ega yarim o’tkazgich yoki dielektrik bo’lishi mumkin. Bolometr Uinston ko’prigi singari sxemada yasaladi. Ko’prikning bir tomonidagi termoelementga nurlanish oqimi tushiriladi, ikkinchi tomondagisi yopiq bo’ladi. Nurlanish oqimi ta’sirida termoelement temperaturasi o’zgaradi, natijada Bolometrning elektr qarshiligi, elektr zanjirida esa tok kuchi o’zgaradi va yuklama qarshilikda kuchlanish pasayadi. Kuchlanishning ana shu pasayishi o’lchanayotgan nurlanish oqimi quvvati o’lchami bo’lib xizmat qiladi. Metall va yarimo’tkazgichdan yasalgan Bolometrni sovitish talab etilmaydi. Sovitiladigan yarimo’tkazgich (germaniy) li Bolometr juda sezgir bo’ladi. O’ta va o’ta o’tkazuvchan Bolometr 2-4° K temperaturagacha sovitiladi. Hozir eng sezgir Bolometr germaniy va galliydan yasaladi va 1015 Vt quvvatni o’lchashga imkon beradi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz