BOLODARI



BOLODARI (fors, bola — tepa, yuqori, dar — eshik) — eshik kesakisining tepa qismi. Quyi yog’och, ya’ni Ostona tagdari, yon tomondagi ikki yog’och yondari deb ataladi. Ostonaga parallel qilib, ikki yondarining ustiga o’rnatiladi. Ba’zan, ayniqsa mehmonxonalarda, jamoat binolarida yondarilar bilan birga o’yma naqsh bilan ham bezatiladi (Samarqanddagi Ulug’bek madrasasining eshiklari).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz