Bolo Yeung
Bolo Yeung — xitoy aktyori, bodibilder. „Ajdarhoning chiqishi“ filmidagi Bolo roli bilan, "Qonli sporti" kinofilmida Jung Li va "Qoʻshaloq zarba" filmidagi Mun roli bilan koʻpchilikka tanilgan. Butun dunyoga oʻzining “Enter the Dragon” filmidagi Bolo (bosh rolni Bryus Li ijro etgan) va “Bloodsport” filmidagi (Jean Cloude Van Damme ishtirokidagi) dominant super yovuz odam Chong Li roli, shuningdek, Hon Kong jang sanʼati filmlaridagi boshqa koʻplab chiqishlari va uzoq faoliyati bilan mashhur. .
1946-yili 3-iyulda Guanchjouda tugʻilgan. Boshqa xitoylik bolalar singari u ham mahalliy o‘qituvchidan kun-funi o‘rganadi. Akrobatika bilan shugʻullanib, ogʻir vazn yigishga qiziqardi.
1970-1980-yillari Janubi-Sharqiy Osiyoda kempodan (qoʻl kurashidan) chempion boʻlgan.
"Winston" sigaretining reklamasuga tushib yurgan paytda Bruse Li bilan tanishgan. 1973-yili uni oʻzining „Ajdarhoning chiqishi“ filmiga taklif qilindi. Keyinchalik u bir nechta kung-fu sarguzasht filmlarida suratga tushgan. Eng mashhuri — American Cannon Films studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Qon sporti“ filmi. Uning filmdagi sherigi Jean-Cloude Van Damme boʻladi.
2007-yili uning soʻnggi va mashhur rollarining biri AQSh va Qozogʻiston tomonidan birgalikda suratga olingan „Yaqin jang“ filmi boʻlgan.
2008-yili kinoni butunlay tark etib, Hong Kong jismoniy tarbiya tijorat tashkilotining raisi etib tayinlanadi. Kanadalik jangovar film aktyori, rejissyor va prodyuser Jalol Merhi Gonkongda Yeung bilan oʻzining birinchi „Qoʻrqmas yoʻlbars“ filmini suratga olish chogʻida, keyin yana „Double Impact“ filmi suratga olish paytida uchrashdi. Merhi Yeungning shaxsiyati va qobiliyatidan hayratda qoldi va u uchun maxsus qism yaratishga qaror qildi. Keyinchalik Merhi Yeung bilan Tiger Claws, TC 2000 va Tiger Claws 2 kabi koʻproq filmlarda ishladi.
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish
uz.wikipedia.org