BOLMAXAMBETOV MAXASH



BOLMAXAMBETOV MAXASH (19141977, Nukus) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. Dasht fronti 7-armiyasining 73-gvardiyachi o’qchi diviziyasi alohida o’qchi bataloni 2-rotasining bo’linma komandiri. Bolmaxambetov 1943 yil 9 sentabrda o’z bo’linmasi bilan batalonda birinchilardan bo’lib Dnepr bo’yidagi Borodaevka qishlog’iga yorib kirib, tungi hujum vaqtidagi nayzabozlik jangida ko’rsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1944). Dushmanning bir nechta o’t ochish nuqtasini portlatgan. Urushdan keyin Nukus shahrida yashagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz