BO’LISH QURILMASI (mashina sozlikda) — buyum yoki mashina uzellarini zarur burchakka davriy buradigan (suradigan) qurilma. Sirtlarga ishlov berish va ularni o’lchashda, kesish asboblari hamda tishli gildiraklar tishlarini ochish, shlisalar, ko’p kirimli rezbalar va spiral o’yiqlar ochishda ishlatiladi. Bo’lish mashinalari, rejalash yo’nib kengaytirish, tish yo’nish stanoklari hamda mashinalarining stollarini, barabanlar, revolver kallaklarni davriy burib turadigan mexanizmlar ham Bo’lish qurilmasi jumlasiga kiradi. Universal Bo’lish qurilmasida, odatda, bo’lish kallaklari markaziga o’rnatib bo’lmaydigan murakkab detallarga ishlov beriladi. Ancha aniq ishlar uchun mo’ljallangan Bo’lish qurilmasi darajali mikroskop bilan jihozlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish