BO’LINISHLIK



BO’LINISHLIK — biror sonning ikkinchi biror songa bo’lina olishligi. Agar butun sonni butun songa bo’lishdan hosil bo’lgan bo’linma ham butun son bo’lsa, a soni b soniga qoldiqsiz bo’linadi deyiladi. Bunda arifmetikaning quyidagi asosiy teoremasi o’rinlidir: har qanday birdan katta natural son yagona usulda tub sonlar ko’paytmasiga yoyiladi: n=plp2… plr. Barcha butun algebraik sonlar sohasida arifmetikaning asosiy teoremasi o’rinli emas. Quyida ba’zi bir Bo’linishlik alomatlari keltiriladi. Oxirgi ikki raqami nol bo’lgan yoki 4 ga bo’linadigan sonlar 4 ga bo’linadi. Masalan, 31700, 16608. Raqamlari yig’indisi 3 (9) ga bo’linadigan sonlar 3 (9) ga bo’linadi. Masalan, 17835, 52632.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz