BO’LIM



BO’LIM (geologiyada) — stratigrafiya shkalasining 3tartibli umumiy eng yirik birligi. Yer yuzi miqyosida tarqalgan. Bo’lim jinslari ma’lum geologik davrda hosil bo’lib, yer rivojlanishi tarixi va undagi hayotning yirik va aniq bosqichini aks ettiradi. Faqat o’ziga xos hayvonot dunyosi va o’simliklari bo’ladi. Bo’lim o’z navbatida yaruslarga bo’linadi. Bo’limga shkalada tutgan o’rniga qarab nom beriladi — uch bo’limli sistemada quyi, o’rta, yuqori, ikki bo’limlida esa ikkiga — quyi va yuqori Bo’limga bo’linadi. Xalqaro stratigrafiya komissiyasi tomonidan fanerozoy uchun biostratigrafiya, radioizotop, paleomagnit ma’lumotlari sintezi asosida stratigrafiya va geoxronologiya shkalalarining yangi varianti ishlab chiqilmoqda.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz