Bolgarlar




Bolgarlar yoki bulgʻorlar (bolgarcha: българи) — etnik guruh, Bolgariyaning asosiy aholisi (6 million kishi), Bolgarlar yana Turkiya (351-600 ming), Germaniya (310 ming), Ukraina (204-500 ming), Moldova (52 ming), Rossiya (24 ming) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Bolgarlarning mumiy soni 9 million kishi boʻlib, ular asosan bolgar tilida gaplashadilar. Ular Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — asosan pravoslavlar, bir qismi islom dinida. Bolgarlarning etnogenezida frakiyaliklar, Bolqon yarim orolga 6—7-asrlarda koʻchib kelgan slavyanlar hamda Qora dengiz boʻyi dashtlaridan Asparux boshchiligida kelgan qad. turkiy elat protobolgarlar asosiy rol oʻynaganlar. 8—9-asrlarda slavyan va protobolgar etnik guruhlari bir-biri bilan yaqinlashib va bolgar etnik kelib chiqishi hosil boʻlgan slavyan tili va madaniyati bilan. Bolgarlar run, polyan, bolqon, shon kabi etnik guruhlarga boʻlinadi.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz