BOLGARIYA FANLAR AKADEMIYASI



BOLGARIYA FANLAR AKADEMIYASI — Bolgariyaning oliy ilmiy muassasasi. Sofiya shahrida joylashgan. 1911 yil tuzilgan. 1949 yilda qayta tashkil etilgan. Asosiy vazifasi mamlakatda tabiiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish hamda ularni muvofiqlashtirishdan iborat. Akademiya tarkibida 50 dan ortiq akademiya, 80 dan ortiq muxbir a’zo, 90 dan ziyod xorijiy a’zo, 10 tadqiqot va o’quv markazi, kutubxona bor. Institutlarning “Doklad”, “Axborot”larini, shuningdek turli ilmiy davriy nashrlarni chop etadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz